Sanjar Siddiq

Sanjar Siddiq (taxallusi; asl ism-sharifi Siddiqov Bosit) (1900— Toshkent—1938.8.10) — tarjimon va jurnalist. Mexnat faoliyati 1919 y.da boshlangan. “Er yuzi” jur.da mas’ul ko- tib (1925). O’zbekiston Davlat nashriyoti- da adabiy xodim va muharrir (1930— 31), “Kitob va inqilob” (1932-33) va “Guli- ston” (1934-37) jur.larvda mas’ul ko- tib. “Birov”, “bir kishi”, “gazetachi”, “Kaltadum”, “Kitobxon”, “Ko’zquloq”, “S.S.”, “Siddiqov”, “toshkentlik” ta- xalluslari b-n asarlar yozgan. “Adabiy tarjima san’ati” (1936) kitobi mualli- Fi. S.S. adabiy tarjima masalalariga bag’ishlangan maqolalari va kitobi b-n o’zbek tarjimashunoslik ilmiga asos solgan. U Lope de Veganing “Qo’zibuloq qishlog’i”, N. V. Gogolning “Revizor”, N. Pogodinning “mening do’stim”, V. Kirshonning “ajoyib quyulma” pesala- ri hamda AsHabib Vafoning “Bombey”, Ubayd Zokoniyning “mushuk va sichqon qissasi”, L. N. Tolstoyning “Kavkaz asi- ri” qissasi, P. Pavlenkoning “Sharqda” romanini o’zbek tiliga tarjima qilgan.