Sanoat grafikasi
Sanoat grafikasi – amaliy badiiy grafika turi; sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish (Tovar yorliqlari, firma belgilari, nashriy markalar, o’rov qutichalari, turli reklamalar) hamda ishlab chiqarishni boshqarish (blanka, konvert va hokazolar) sohalariga badiiy xizmat ko’rsatadi. O’z vazifasiga ko’ra, savdosanoat reklamasiga juda yaqin, ko’pincha uning tarkibiy qismiga aylanadi. Zamonaviy Sanoat grafikasi badiiy loyixalash (dizayngrafika) tizimi tarkibiga kiradi va maxsus byurolarda unga xos usullardan keng foydalanadi. Sanoat grafikasi bo’yicha ko’rgazmalar ham uyushtiriladi.