Sanoat, industriya

Sanoat, industriya — xalqxo’jaligining jamiyat ishlab chika- ruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan etak- chi tarmog’i; S.ning o’zi uchun hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b. mahsulotlar i.ch., shuningdek, xom ashyo, yoqilg’i qazib olish, energiya i.ch., yog’och tayyorlash, S.da yoki q.x.da olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash b-n band korxonalar (fkalar, z-dlar, elektro- stantsiyalar, shaxtalar, konlar va b.) maj- mui. S. kengaytirilgan takror ishlab chiqarishnmtt asosini tashkil etadi va industrial o’siipsh ta’minlaydi. 20-a. ning 80y.larida qabul qilingan tas- niflashga ko’ra, S. yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa bo’linadi: elektroenergeti- ka; yoqilg’i S.i; qora metallurgiya; rang- li metallurgiya; kimyo va neft kimyosi S.i; mashinasozlik va metallga ishlov berish; o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyulozaqog’oz S.i; qurilish materi- allari S.i; qurilishkonstruktsiyalari va detallari S.i; oyna va chinnifayans S.i; engil S; oziq-ovqat S.i; mikro- biologiya S.i; unyorma va aralash em S.i; tibbiyot S.i; poligrafiya S.i. Bo’sanoat tarmoqlari ham o’z navbatida — ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat tur- lariga guruhlanadi. S.ning ijtimoiy i.ch.ning mustaqil tarmog’i sifatida vujudga kelishi hunarmandchilikning q.x.dan ajralib chiqishi — ikkinchi eng yirik mehnat taqsimoti b-n bog’liq. Kapitalistik S. G’arbiy Evropa mamlakatlarida 14-15- a.larda paydo bo’ddi va oddiy kapita- listik kooperasiya, manufaktura va Yi- rik mashina industriyasi — fabrika bosqichlarini bosib o’tdi, 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida manufakturadan mashi- na industriyasiga o’tish dastlab Angli- yada, keyinroq boshqa Evropa mamlakat- larida sanoat to’ntarishi tusini oldi. Rossiya va b. ayrim mamlakatlarda S. 18-a. boshidan manufaktura ko’rinishida rivojlandi, 19-a.ning 2-yarmidan mashi- na industriyasi taraqqiy etdi. O’zbekiston xududida S. taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega bo’lgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan, Andi- jon kabi shaharlarda mayda va Yi- rik hunarmandchilik rivoj topdi. O’zbekistonda haqiqiy ma’nodagi S.ning paydo bo’lishi 19-a.ning 2-yarmiga to’g’ri keladi. O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o’lkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapi- tali ham kirib keldi va xom ashyoga bir- lamchi ishlov beradigan S. tarmoqlari (paxta tozalash, vino, araq, konserva, paxta moyi z-dlari) paydo bo’ldi va O’zbekistonda S. Rossiya sanoati va ik- tisodiyoti b-n bog’liq holda rivojlandi. 1913 y.da O’zbekiston xududida yalpi mahsulot i.ch.da og’ir sanoattmt hissasi 2%ni, metall ishlash 1%ni, engil sano- at 0,8%ni, oziq-ovqat S.i 14%ni tashkil etgan edi. Keyingi salkam 100 yil davo- mida O’zbekiston sanoatida elektroener- getika, gaz, neft, kumir, qora va rangli metallurgiya, q.x. mashinasozligi (trak- torlar, paxta terish mashinalari), Avto- mobilsozlik, kabel, elektronika, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, samo- lyotsozlik, irrigasiya-qurilish mashi- nasozligi, kimyo, tsement, qurilish Mate- riallari, tibbiyot, yog’moy, to’qimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqdari shakllandi. 20-a.ning 20y.laridan boshlab O’zbekistonda S. jahon urushi va fuqarolar urushi natijasida inqirozga uchragan mayda, kustar korxonalarni tiklash asosida rivojlana boshladi. Paxta tozalash z-dlari, pillakashlik, yigiruvto’quv, tikuvchilik, poyabzal f-kalari qurila boshladi (q. Engil sano- at), 1937 y.da Toshkent to’qimachilik k-ti ishga tushirildi, 20-a.ning 40—50y.la- ridan kumir sanoati, gaz sanoati, neft sanoati jadal rivojlana boshladi. 1941-45 y.lardagi urush davrida O’zbekistonga 90 ta sanoat korxonasi ko’chirib keltirildi, ularning kupi ma- shinasozlik, asbobsozlik korxonalari edi. Urushdan keyingi yillarda ko’pgina korxonalar qurilishi natijasida mashi- nasozlik tarmoqlari ko’paydi, samolyot- sozlik, asbobsozlik, motorsozlik, elek- troapparat, elektr dvigatel, ekskavator, kompressor z-dlari qurildi. Toshkent, Olmaliq, Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Farg’ona, Yangiyo’l, Namangan, Sho’rsuv va b. shaharlar kimyo industriyasi markazi- ga aylandi (q. Kimyo sanoati). Bekobod, Chirchiq, Toshkent sh.da qora metallurgiya, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq, Uchquduq sh.lari rangli metallurgiya markazlari hysoblanadi (q. Rangli metallurgiya). O’zbekistonda yo’lovchi va yuk tashuvchi samolyot ishlab chiqariladi. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin S.da tub islohotlar amalga oshiriddi, ko’pgina tarmoqdardagi S. korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiy- lashtirilib, davlataktsiyadorlik, korpo- rativ, jamoa, xususiy va b. tashkiliy- huquqiy mulk shakllariga aylantiril- Di. Respublika iqtisodiyotida muhim o’rinda turadigan S. tarmoklarida tu- zilmaviy qayta tarkiblash amalga oshi- rildi, ko’plab kichik va o’rta korxonalar tashkil topdi (2000 y.da 6,4 ming o’rta, 20,4 ming kichik korxona ishladi). Chet el kapitali b-n hamkorlikda ko’pgina S. tarmoklarida qo’shma korxonalar tashkil etildi (q. Asaka avtomobil za- vodi, “British Ameriken Tobakko”, “za- rafshonnyumont”, “Kabultekstaylz”, “Kokakola”, “SamKochavto” ko’shma kor- xonasi va b.). S. tarmoqlariga, ayniqsa, mahalliy xom ashyoni qayta ishlaydigan tarmoklarga chet el investisiyalarini jalb etish faol davom etmoqda. Respu- blika sanoatida tarmoklarning tutgan o’rni har xil. S. tarmoklari orasida q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tarixan etakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi to’qish, kon- serva, yog’moy va b. sanoat tarmoklaridir. Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, engil va qurilish materiallari sanoa- ti jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. S. taraqqiyotida yoqilg’ienergetika kom- pleksining o’rni alohida. Uning tarki- biga gaz, kumir, neft va neftni qayta ishlash sanoati, energetika kiradi. O’zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasi- ga kiradi. O’zbekistonda S. tarmoklarida mulk shakllarini o’zgartirish va tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish- ga qaratilgan tub islohotlar mamla- kat mustaqilligini mustahkamlashni, O’zbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlay- Di. 2002 y.da O’zbekiston S.da 1467 ta o’rta va yirik i.ch. birlashmalari va korxonalar ishladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog’i umumiy i.ch. hajmining 88,5%ni tash- kil etdi. 396 dan ortiq nomdagi yangi mahsulotlarni i.ch. o’zlashtirildi. Dav- lat korxonalari soni salmogi 4,6%, no- davlat sanoat korxonalari soni 95,4% ni tashkil etdi. Sanoati.ch. xodimlari- ning 20,5% davlat korxonalarida, 79,5% nodavlat korxonalarida band bo’ldi. S. mahsulotlarini i.ch.ning umumiy hajmida davlat korxonalari hissasi 28,6%ni, nodavlat sektor korxonalari hissasi 71,4% dan iborat bo’ldi (yana Av- tomobil sanoati, engil sanoat, yog’moy sanoati, mashinasozlik sanoati kabi sanoat tarmoklari to’g’risidagi alohida maqolalarga q.). Chet ellarda S.ning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mam- lakatlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda jamg’arilgan texnika jihatidan ilg’or kapital asosi- da va mavjud yuqori malakali ishchi kuchi b-n ta’minlanadi. Ularga AQSh, Kanada, Yaponiya, ko’pgina G’arbiy Evropa mamla- katlari kiradi. Ad.: Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahsid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Kari mov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, T., 1999; O’zbekiston Respublika- si iqtisodiyoti, T., 1998; Ekonomi- ka O’zbekistana i stran SNG, T., 2001; O’zbekiston Respublikasi, T., 2001. Nuriddin Musaev.