“Sanoatkontexnazorat”

“Sanoatkontexnazorat” – O’zbekiston Respublikasi hududidagi kon sanoatida ishlarni bexatar olib borish, er osti boyliklaridan maqsadga muvofiq foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xom ashyoni sarflashga oid qonunlarga, me’yoriy- texnik, huquqiy hujjatlar talablari- ga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektsiya- si. “S.”vakolatiga kiruvchi me’yoriy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ko’rib chiqadi va muvofiklash- tiradi, alohida ish turlariga ruxsat- noma beradi. Xavfsizlik texnikasiga doir me’yoriy hujjatlarni tayyorlaydi va tasdiklaydi; harbiylashtirilgan konqutqarish qismlariga tezkor va uslu- biy rahbarlik qiladi. Kumir, konruda va noruda, foydali qazilmalar, neft, gaz qazib olish va qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sano- atida, geol.qidiruv tashkilotlarida, magistral neftgaz quvurlari, i.ch. ja- rayonida gazdan foydalanish, portlash va yong’in xavfi bo’lgan ob’ektlarda; er osti transporti va gidrotexnika insho- otlari qurilishida, portlash va yong’inga xavfli bo’lgan ob’ektlar qurilishi va b. tarmoqlarning o’ta xavfli ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlanishini nazorat qiladi. “S.”Davlat konchilik texnika na- zorati (“Gosgortexnadzor”) davlat qo’mitasining O’rta Osiyodagi regional tarmog’i sifatida tashkil etilgan (1950). 1953 y.dan O’zbekiston Respublikasi hukumati tarkibidagi Davlat qo’mitasi, 2000 y. apr.dan agentlik, 2003 y. 9 dek. dan “S.”Davlat inspektsiyasi. Davlat inspektsiyasida 12 tarmoq, 16 regional va hududiy inspektsiya hamda 4 mustaqil xo’jalik faoliyat yuritadi. “S.”ning rivojiga T. R. Toshmuhamedov, A. G. Axmatboev, R. T. Saidov va b. muta- xassislar salmoqli hissa qo’shdilar.