Sanobar

Sanobar — Marg’iyona viloyati hokimi (milodiy 1-asrning 2-yarmi). Uning nomidan mis chaqalar zarb qilingan. Chaqaning old tomonida Sanobarning yondan ko’rinishi va orqa tomonida uning o’tirgan shakli tasvirlangan. Sanobar ismining ma’nosi — “dushmanni qaytaruvchi” bo’lib, u Sharqiy Eronda keng tarqalgan. Kushon podsholaridan Gerayning unvoni (Epiteta) sanab (yoxud Sanobar) bo’lgan. Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.