Santa-Klara

Santa-Klara — Kubaning Markaziy qismidagi shahar, Kubanikay va Veliko daryolari bo’yida. Vilyaklara provintsiyasining ma’muriy markazi. Ahrlisi 205,4 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Transport yo’llarining yirik tuguni. Qishloq xo’jaligi (shakarqamish, tamaki, go’shtsut chorvachiligi) rayonnining savdo-sanoat markazi. Qora metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik, ko’npoyabzal sanoati korxonalari; universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1689 yilda asos solingan.