Santyago

Santyago — Chili poytaxti. And toglari etagida, 540 m balandlikdagi soylikda, Mapocho daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iklimi subtropic iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 19,7°, iyul- niki 7,7°. Yillik yog’in 363 mm. Aholisi 4,64 mln. kishi (1997). S. — mamlakat- ning iqtisodiy, siyosiy va madaniy Mar- kazi. Transport yo’llarining yirik tu- guni. 4 aeroport bor. S. orqali Paname- Rika shossesi o’tgan. Valparaiso porti b-n t.y. orqali bog’langan. Metallsozlik, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’npoyabzal, poligrafiya, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. S.da yirik xo- rijiy va milliy kompaniyalar idorala- ri va banklar joylashgan. Shaharga 1541 y. 12 Fev. da ispan mustamlakachilari tomonidan asos so- lingan. 19-a. boshlarigacha ispan gene- ralgubernatorligining ma’muriy Mar- kazi. Chili mustaqilligi e’lon qilingan davrdan (1818) S. — mamlakat poytaxti. S.da mustamlakachilik davrida qurilgan me’moriy yodgorlik ko’p. Shahar markazi- dagi Plasa de Armas maydoni atrofida sobor, ratusha va b. saqlangan. 3 un-t, harbiy bilim yurti, amaliy san’at MAK- tabi, konservatoriya, Chili Fanlar akade- miyasi va b. akademiyalar, ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, muzeylar, teat- rlar va rasadxona bor. Metropoliten qurilgan.