Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy
Saolibiy, Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as- Saolibiy (961 — Nishopur — 1038) — yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos va tarixchi olim. Arabiston, Iroq, Ispa- niya, Xuroson va Movarounnahr bo’ylab sayoxat qilgan. 992 y.da Buxoroga, so’ng Xorazmga kelgan. Xorazmshoh Abul AB- bos Ma’mun (hukmronlik davri: 1009— 17) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. S.ning “Yatimat uddahr Fi mahosin axl alasr” (“asr axlining fozillari haqida zamonasining durdo- nasi”) tazkirasi mashhur bo’lib, u o’sha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va Arab adabiyoti haqidagi noyob manba- dir. Asarning ilk nusxasi 994— 1000 y.larda yozilgan bo’lib, muallif 1011 — 17 y.larda uni qayta ishlab to’ldirgan va Xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat bo’lib, unda 10-a. hamda 11-a. boshlarida Arab tili- da ijod qilgan movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. “Tatimmat alyatima” (“Yagona Durdonaga qo’shimcha”, 1032-38) asarida esa “Yatimat uddaxr” ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida ma’lumot beril- gan. S.ning “kitob latoif almaorif” (“Ajoyib ma’lumotlar haqida kitob”) asari buvayhiylar sulolasi vaziri assohib (995 y. v.e.)ga bag’ishlangan. S islomgacha va Islom davrida o’tgan ko’plab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxallus- lari, to’g’risida Nodir ma’lumotlar kel- tirgan. Asarda muhim tarixiyetnogra- FIK ma’lumotlar, S. va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning she’rlaridan parchalar mavjud. “Fypap Axbor muluk alfurs va siyarihim” (“Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi”) nomli ta- rixiy asar, “Shohnoma” va bir she’riy devon ham yaratgan. “Attamassul valmu- xozarat” va “Mubhij” asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978— 1012) ga bag’ishlagan. S.ning ko’plab asar- lari Ismatulla Abdullaev tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Yatimat uddahr [4j.], T., 1976; Tatimmat alyatima (“Yatimat uddahr” 4qismining qo’shimchasi), T., 1990; kitob latoif almaorif, T., 1987; ajoyib ma’- lumotlar, T., 1995. Ad.: Abdullaev I., Abu Mansur assa- olibiy, T., 1972.