Sapfir

Sapfir (qad. yahudiycha sappir — ko’k tosh) — korundning A12O3 tarkibli shaffof, tiniq ko’k rangli xili. Zargar- likda boshqa rangli turlariga (qizil turi — yoqutdan tashqarisi) S. deb nom berilgan. Rangi izomorfli aralash- malarga bog’liq: alyuminiyning turli miqdorda titan va temir (G’e2+ va G’e3+ farq qiladi) almashuvidan hosil bo’ladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. 1toifali qimmatbaho tosh hisoblanadi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 9; zichligi 3,5—3,6 g/sm3. Konlari Shri- Lanka, Hindiston, Tailand, Rossiyada bor. Tarixda mashhur bo’lgan S. tosh- lari Britaniya imperiyasining tojida (104 karat), oval shaklli (258,8 karat) brilliant broshkada o’rnatilgani Ros- siya olmos fondisya saqlanmoqda. S. sanoatda sun’iy yo’l b-n ham olinadi. S.ning Zumrad, topaz, safsar (ametist) va b. xillari zargarlikda, sun’iy rang- sizi — leykosapfir mikroelektronika, kvant elektronikasi, optika va b.da ish- latiladi (q. Korund). O’zbekistonda “ko- rund mintaqasi” Tomdi tog’laridan olay tog’larigacha 1000 km ga cho’zilgan bo’lsa ham sifatli S. hanuz topilmagan.