Sapoteklar

Sapoteklar — Meksikaning OA- xaki shtatida yashovchi indeys xalqi. 350 ming kishi (1990y.lar o’rtalari). Sapo- tek tilida so’zlashadi. Amerika katta mongoloid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar. S.ning Monte — Alban sh. Meksikaning qad. madaniy markazi hisoblangan. S. madaniyati Meksika ta- rixida eng qad. hisoblanadi (mil. AV. 4-a. — mil. 16-a.ning boshlari). 150 ga yaqin 4 kamerali daxmalar, saroylar, ehromlar, juda ko’p devoriy yozuvlar, rasadxona, 120 qatorli ulkan Amfi- teatr, 40 m kenglikdagi tosh zina, to’p o’ynash uchun mo’ljallangan stadion va b. ochilgan. Mishteklar sardori kabri- dan katta miqdorda noyob tilla zargar- lik buyumlari topilgan. S, asosan, q.x., hunarmandchilik, chorvachilik, baliq ov- lash b-n shug’ullanadi.