Saratov universiteti
Saratov universiteti, N . G. Chernishevskiy nomidagi Saratov universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Rossiyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1909 yil Saratov shahrida tashkil etilgan. 1921 yil N.G. Chernishevskiy nomi berilgan. Geologiya, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, Filologiya va boshqa ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqot instituti, ilmiy kutubxonasi (2,5 milliondan ortiq asar) bor. 10 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.