Saratov viloyati

Saratov viloyati – RF tarki- bidagi viloyat. 1934 y. 10 yanv.da tashkil etilgan. Mayd. 100,2 ming km2. Aholisi 2669,3 ming kishi (2002) asosan, rus- lar (85,6%), shuningdek, ukrain, tatar, qozoq, mordva, chuvash, Belorus, nemis va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi — 73,2%. S.v.da 38 ma’muriy tuman, 18 shahar, 30 shaharcha bor. Marka- zi — Saratov sh. SV. Sharqiy Evropa tekisligining Jan.sharqida, quyi Volga bo’yida, Volga daryosining har ikkala soxilida joy- lashgan. Eng baland joyi 370 m. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, neft, yonuvchi slaneslar, kurilish materiallari bor. Ikdimi kontinental. Yanv. ning o’rtacha t-rasi—12°, iyulniki 22°. Yiliga 250— 450 mm yog’in yog’adi. Vegetasiya davri 127-150 kun. Asosiy daryosi — Volga va uning irmoklari: Tereshka, katta Irgaz; Volgograd va Saratov suv omborlari bor. SV. o’rmonli dasht va chala cho’l zonalarida joylashgan. Tuproklari asosan, qoratuproq, to’q kashtan va kashtan tuproklar. Hududining 5% o’rmon (qayrag’och, dub, qayin). Yov- voyi hayvonlardan yumronqoziq, dala sichqoni, qo’shoyoq, olaxurjun, malla tovushqon, tulki, bo’ri, sassiqko’zan, o’rmonlarda Los, dashtlarda sayg’oq yashaydi. Ondatra, enotsimon it, bobr, vixuxol, qobon, norka, Xoldor bug’u iqlimlashtirilgan. Daryolarda laqqa, leshch, sudak va b. baliqlar bor. Viloyat hududida Xvalin milliy bog’i joylash- gan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: ma- shinasozlik va metallni qayta ishlash (aviasiya z-Di; trolleybus, podshipnik z-dlari, avtotraktor priseplari, so- vitkich va muzlatkich, metall kesuvchi stanoklar, priborlar, avtomatlashtirish vositalari va ular uchun ehtiyot qismlar, yo’l mashinalari i.ch.), oziq-ovqat, kimyo va neft kimyosi (mineral o’g’itlar, sul- Fat kislotasi, kimyo tolasi va iplari, “Balvisko” va “Ximvolokno” korxona- si), texnik rezina buyumlari (“Balako- vorezinotexnika” korxonasi), engil (ti- kuvchilik, trikotaj, poyabzal, ipak va ip gazlamalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari, taxta tilish va yog’ochsozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqdari mavjud. Neft va gaz qazib olinadi. Saratov GES, bala- kov AESlari qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Saratov, Balakovo, Balashov, Volsk sh.lari. SV. — Rossiyaning muhim q.x. rayon- laridan biri. G’alla, texnika ekinlari (kungaboqar, qand lavlagi), kartosh- ka, sabzavot, poliz, em-xashak ekinla- ri ekiladi. Chorvachiligi go’sht va sut etishtirishga ixtisoslashgan. Koramol, cho’chqa, qo’y, parranda boqiladi. Volga daryosi va Volgograd suv omborida ke- malar qatnaydi. Saratov — Moskva, Saratov —Penza, Nijniy Novgorod — Cherepoves, O’rta Osiyo — Markaz gaz quvurlari o’tgan. T.y. uzunligi 2299 km, qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uz. 9998 km (2002). Saratov sh.da xalqaro aeroport bor. 12 oliy o’quv yurti, 13 mu- zey, 7 teatr, filarmoniya, tsirk faoliyat ko’rsatadi. Kurort bor.