Sarazm
Sarazm — Zarafshon vodiysining eneolit va ilk jez davriga oid qad. dehqonchilik madaniyatiga tegishli ar- xeologik yodgorlik. Uning asosida key- inchalik S. qishlog’i tarkib topgan. U Zarafshon daryosining tog’lar orasidan keng vodiyga chiqish joyida, Oyimko’l yonida joylashgan. Sug’dshunos olim V.A.Livshisning fikriga ko’ra, “S.» atamasi sug’dcha “sarizamin”, ya’ni “er- ning boshlanishi”, “vohaning boshlani- shi” demakdir. Yodgorlik yassi tepachalar ko’rinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda 1976 y.dan tadqiqot ishlari olib boriladi. Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda, S. Zarafshon vodiysining eng kad. Bobo dehqonlari maskani bo’lib, bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin 1,5 ming yil) davom etgan. S.da 7 yil davomida arxeologik ka- zish ishlari olib borildi va 10 nuqtada qad. qishloq hayotining davomiyligini o’rganish uchun shurflar kazildi. Nati- jada yodgorlikda 4 ta tarixiy bosqich anikdandi. Arxeologik materiallar taxliliga ko’ra, lbosqich (C.I) mil. AV. 3400-3200 y.lar, 2-bosqich (S. 2) mil. AV. 3200-2900 y.lar, 3-bosqich (S. 3) mil. AV. 2900-2700 y.lar, 4-bosqich (S. 4) mil. AV. 2700-2000 y.lar b-n belgilan- Di. S. 1 davri jamoa oilalari bir xo- nali uylarda yashagan, jamoa xilxonasi bor. Jamoa kvartali atrofi esa mudofaa devorlari b-n o’rab olingan. Jamoa tu- rar joy qoldiqlarini qazish jarayonida sirtiga rangli gul solingan sopol par- chalari, xilxonadan esa mis oyna, oltin va kumutshdan yasalgan munchoklar topil- Di. Topilmalar ko’p jihatdan Jan. Tur- kmanistonning qad. Gyoksur vohasi Mate- riallariga aynan o’xshab ketadi. S. 2 davrida birbirlaridan tor ko’chalar b-n ajratilgan ko’p xonali tu- rar joy massivlari paydo bo’ladi. Ular- ning qoshida aylana shaklida qurilgan topinish maskani — oilaviy otashpa- rastlik altarlari shakllanadi. Yirik uyjoy massivlari doirasida jamoa ibo- datxonalari (ikki joyda) qad ko’taradi. Ibodatxonalarning devorlariga ki- zil rangda naksh berilgan va ularning qoq o’rtasida murabba shaklida altar joylashgan. Xo’jalikda toshdan ish- langan mehnat qurollari, to’qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, mis pichoqlar, xanjar, qarmoq, igna va bigizlar ko’plab uchraydi. S. 3 davrida ijtimoiy xarakterdagi monumental binolar paydo bo’ladi. Ular urug’jamoalarining ma’muriy bino va ibodatxonalaridan iborat edi. Bu davrda patriarxal oila hovlijoylari kengayadi, bu hovlilar maydonida kulolchilik xum- donlari va metallni eritish ustaxona- lari paydo bo’ladi. Bu bosqichda i.ch.ning qator sohalarida hunarmandchilikning turli yo’nalishlari bo’yicha ixtisosla- shuv jarayoni kechadi. Kulolchilikda ichi va sirtiga sayqal berilgan sopollar ke- skin kamayadi. Ularning o’rnini mahalliy an’anaviy shakldagi naqshlar egallaydi. Mahalliy naqshlar b-n ibodatxonalar- ning devorlarini bezash odati vujudga keladi. Bu bosqichda mahalliy xom ashyo bazasida metall eritish va metalldan turli xil qurollar yasash kuchayadi. Shun- Day qilib, qad. sarazmliklar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub o’zgarishlar yuz beradi. S. 4 davriga kelib, demografik o’zgarishlar b-n bog’liq holda aholining vodiy bo’ylab tarqalishi, go’yo uning “inqirozi” kuzatiladi. S.da aholi siy- raklashib, avvalgi monumental ma’mu- riy imoratlar o’rnini oddiy kulbalar egallaydi. Ehtimol, S 4 davri Yodgor- likning eng yuqori qatlamlari bo’lgani uchun davr taqozosi b-n uning qurilish qoldiklari bizgacha shu holatda etib kel- gandir. Ehtimol, bu tanazzul jez dav- rining ma’lum bir bosqichida (mil. AV. 2ming yillikning 2-yarmida) oriylar- ning Jan.ga tomon ko’chishi munosabati b-n O’rta Osiyoning shim. va Markaziy viloyatlari moddiy madaniyatida yuz ber- gan o’zgarishlar b-n bog’likdir. Bu davr aksi kulolchilikda yaqqol ko’zga tashla- nadi, ya’ni, bir tomondan kulolchilikda qizg’ish oq tiniq angob b-n pardozlangan sopollar sirtida, idishlarning gar- dishi bo’ylab oddiygina rangli naqsh solish kuzatilsa, ikkinchi tomondan sopol idishlarning kulolchilik charxi- da yasash texnologiyasi kashf etiladi. Ijtimoiyiqtisodiy tabaqalanishning ayrim belgilari sifatida terrakota, tosh va jezdan ishlangan muhrlar pay- do bo’ladi. Qishloq jamoasi sardori, qabila boshlig’ining hukmdorlik belgi- si bo’lmish jamoa nishoni yangi ma’no va mazmun kasb etadi. Demak, S. 4 davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda yuz bergan o’zgarishlar S. jamiyatining so’nggi bosqichida mulkiy tabaqalanish jarayoni jadal kechayotganligidan dalo- lat beradi. S.da o’rganilgan yagona xilxo- na, yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning ilk bosqichiga daxldor bo’lib, u doira shaklida ishlangan tosh g’ovlar b-n o’rab olingan, uning diametri 15 m, ichiga 5 ta kabr joylashgan. Tosh g’ovning Markaziy kabriga 3 kishi (ayol, erkak va o’spirin) ko’milgan. Ayolga tegishli ashyoviy dalil- larga qaraganda u o’z jamoasida katta nu- fuzga ega bo’lgan. Uning kiyimlariga Fe- ruza, la’l, yoqut va yashma kabi qimmatbaho toshlardan yasalgan munchoklar qadalgan. Ayolning bosh kiyimi ham taqinchoklar b-n bezatilgan. Soch tolalariga ol- tin munchoq shodalari osib qo’yilgan. Qo’llariga dengiz chig’anog’idan ishlangan bilaguzuklar taqilgan. Ayol skeleti yoni- dan dastali mis ko’zgu, suyakdan qilingan bigiz, 5 ta urchuq tosh, 2 ta ayol ma’budasi (terrakota) topilgan. Demak, S. 1 davri- da ayollarning jamoadagi ijtimoiy nu- Fuzi hali yuqori bo’lgan. S. aholisining iqtisodiy hayotini sug’orma va lalmikor dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik tashkil etgan. Za- rafshon tog’tizmalaridagi qad. ma’dan (mis, qo’rg’oshin, qalay, oltin, kumush, simob va Feruza) konlarining yaqinligi S.da hunarmandchilikning metallurgiya va metall i.ch. sohasini rivojlanishi- ga hamda undan turli mehnat va harbiy qurollar i.ch.ga keng imkoniyatlar bergan. Sdan topilgan 150 dan ortiq buyumlar — pichoq va xanjarlar, bolta va bigiz- lar, paykon va muhrlar, metall eritish qozonlari (tigillar), asbobanjom quyish qoliplari, metall eritish pech- lari, metall xom ashyo yombilari bundan dalolat beradi. Yodgorlikni qazish jara- yonida nafaqat toshdan ishlangan mehnat qurollari, balki og’irlik o’lchov toshla- ri, to’qimachilik dastgohining qismlari ham uchratilgan. Ammo, sarazmliklar kulolchilikda metallurgiya va tosh ga ish- lov berishdek yuksaklikka erisha olma- ganlar. Xullas, S. yodgorligi Zarafshon vo- diysining eng qad. dehqonchilik mada- niyati bo’lib, keyingi asrlardagi Sug’d o’lkasida shakllangan shahar madaniyati- ning ildizlari bir jihatdan shu Yodgor- lik b-n bog’liq edi. Ad.: Isakov A., Sarazm (K voprosu stanovleniya rannezemledelcheskoy kul- turi Zarafshanskoy dolini), Dushanbe, 1991; Isamiddinov M. X., Genezis gorod- skoy kulturi Samarqandskogo Sogda, Samarqand, 2000. Ahmadali Asqarov.