Sarbadorlar
Sarbadorlar — mo’g’ullar zulmi- ga qarshi xalq qo’zg’oloni qatnashchilari. Qo’zg’olonga keng xalq ommasi — ziroat- chi, hunarmand, ziyoli, mayda er egalari, kambag’allar ishtirok etishgan. 1337 y. Sabzavor vaziri (hokimi)ning Jiya- ni boshtin qishlog’iga kelib, aholidan sharob va Parichehralar talab qildi. Shu kechasi uni qo’lga olib o’ldirdilar. Tong otgach, boshtin qishlog’i chekkasi- da dor tikdilar. Marhumning salla va taqya (do’ppi)sini dorga ilib, toshbo’ron qildilar, o’qqa tutdilar. Bu zolimlar- ning boshi dorda bo’lg’usi, deganlari edi. Qasoskorlar o’zlarini sarbadorlar deb atadilar; shu erda 700 kishi qasamyod qildi. Xon yuborgan qo’shinlarni engib S. Sabzavorni egallab, bu erda o’z dav- latlarini tuzdilar. S. davlati 50 yilcha hukm surdi. S. hukmdorlari: Abdurazzoq (1337-38), Xoja Mas’ud ibn Fazlulloh Boshtiniy (1338-44), Og’amuhammad Temur (1344— 46), Kolu Isfandi- yor (1346-47), Xoja Shamsiddin ibn Fazlulloh (1347-49), Xoja Ali Sham- siddin Chashmiy (1349— 55), Amir Yahyo Kurrobiy (135558), Xoja Zahiriddin Kurrobiy (1358— 59), Paxlavon Haydar qassob (1359— 60), Amirzoda Lutfulloh ibn Xoja Mas’ud (1360-61), Pahlavon Hasan Domg’oniy (1361-65), Xoja Na- jmiddin Ali Muayyad (1365-86). Samarqandda (1365-66) va Kermonda (1373-74) S. qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan (yana q. Sarbadorlar qo’zg’oloni).