Sardob neft-gaz kondensat koni

Sardob neft-gaz kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Mi- rishkor tumanidagi kon, Koravulbozor t.y. stantsiyasidan 65 km Jan.Sharqda. 1979 y.da ochilgan. 1985 y.dan foydala- nishga topshirilgan. Kon 290 — 310 m balandlikdagi tekis cho’lda, Chorjo’y tek- tonik pog’onasining Markaziy qismidagi Dengizko’l ko’tarilmasida joylashgan. Paleogen yotqiziqlarining tuzilishiga ko’ra, Sardob strukturasi monoklinal- dan iborat, O’rtabuloq antiklinalining Jan.Sharqiy yo’nalishidagi botiqlikka mos keladi. Sardob burmasi yuqori yura karbonatli yotqiziqlarning shipi bo’ylab umumiy strukturaviy ko’tarilmada joy- lashgan, qanotlari asimmetrik tuzilgan antiklinaldan iborat. Burma o’lchami “2420 m” berk izogips chizig’i bo’yicha 4×2 km, balandligi 120 m. S.n.k.da yura, bur, paleogen, neogen va to’rtlamchi davr jinslarida jami 8 quduq qazilgan. Ular qalinligi 455— 653 m li yura davrining kimerijtiton tuzangidritli qatlami b-n ajratilib, 2 strukturaviytektonik qavatni tashkil etadi. Tuzangidritli tsatlam regional qopqoq vazifasini o’taydi va uning osti- da yuqori yura karbonat va quyio’rta yura terrigen formasiyalariga mansub kol- lektor jinsli yotqiziklar joylashgan. Karbonat jinsli kollektor qatlamning (rifsiz turi) umumiy qalinligi 205— 337 karbonatli yotqizikdar shipida sla- nessimon teksturali, bitumlashgan kar- bonatterrigen jinslardan tarkib top- gan kora slanesli gorizont (2580— 2731 m) mavjud. Qalinligi 0,8—2 m bo’lgan kollektorlarda sanoat miqyosida neft va gaz uyumlari joylashgan. Kondagi qatlam bosimi 32,6 MPa bo’lib, gazneft tutash yuzasi esa shart- li ravishda “2436 m” sathda joylash- gan deb qabul qilingan. Gaz uyumining o’lchami 3,7×0,9 km, bal. 146 m. Gaz debiti 74-534 ming m3/sutka. Gaz yarim quruq, metanli. Tarkibi (hajmiga nisbatan % xisobida): metan -90,22; etan -4,2; propan -1,78; izobutan -0,2; mo”tadil pentan -0,18; vodorod sulfid -0,015; karbonat angidrid gazi — 1,61; azot -1,29; geliy -0,25; vodorod -0,32; zichligi 0,625 g/sm3. Kondensat o’rtacha og’irlikda (0,7500—0,7568 g/sm3), yuqori oltingugurtli (0,3%). Benzin va Kero- sin fraktsiyalari tegishlicha 37-66% va 23-33%. Kondensat turi metannaftena- romatli. Suvneft tutash yuzasi “2482 m” sathda. Neft uyumining o’lchami 2,8×1,4 km, bal. 46 m. Qatlam bosimi 35,1 MPa. Neft debiti 85,7 m3/sutka. Neft o’rtacha og’irlikda (0,8795 g/sm3), oltin- Gugurtli (1,76%). Tarkibi: asfaltenlar 4,79%, parafin 0,78%. 150° haroratda qaynaydigan fraktsiyalar miqdori 6%, 200° gacha -13,6%. Kondan hoz. Vaqtda foydalanilmoqda.