SARIBAND
SARIBAND (fors. — to’g’on boshi) — o’rta asrlarga oid to’g’on (16-a.). Surxon- Daryo viloyatidagi Bandixon qishlog’idan 7 km shim.Sharqdagi O’rg’ulsoy o’zaniga qurilgan. Uning pishiq g’ishtdan (25x25x5 sm) ishlangan ayrim qismlari saqlanib qolgan. To’g’ondan bir oz ba- landlikda O’rg’ulsoyning chap qirg’og’ida S. nomli tepa bor; u baland Hisor (30×30 m) va atrofi devor b-n o’ralmagan qishloq xarobasi bo’lib milodning boshlari- ga oid. Shu erda Daryo o’zanidan qadimda turli taraflarga kanallar chiqarilgan. Kushonlar davrida xam bu erda to’g’on bo’lganligi extimoddan xoli emas.