Sariog’och

Sariog’och — Qozog’iston Respublikasi Janubiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1968 yildan), Keles daryosi sohilida. Toshkent — Aris yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi (Toshkentdan 20 kilometr shimolda). Aholisi 28,5 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Vino, sut, yog’, “Sariog’och” mineral suvni qadoqlash, keramzit zavodlari, galantereya fabrikasi, zooveterinariya o’rta maxsus bilim yurti bor. Sariog’ochdan Janubi g’arbda balneologik kurort mavjud.