Sariq

Sariq — Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi shaharcha (1992 y.dan), tuman markazi. Yakin t.i. stantsi- yasi — Surxon (32 km). Viloyat markazi (Termiz sh.)dan 70 km, katta O’zbekiston traktidan 20 km. Angor — sarik, Avto- mobil yo’li shaharchani kesib o’tgan. Aholisi 13,7 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xo’jaliklari Surxondaryodan suv oladi. “Sariq” nomi ushbu erda o’zbeklarning qo’ng’irotqo’shtamg’ali urug’ining “sariq” shoxobchasi vakillari yashagani b-n bog’liq. S.da davlat va ma’muriy tashki- lotlar, paxta tozalash z-Di, savdo, mai- shiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. 6 umumiy ta’lim maktabi, internatmak- tabi, kasb-hunar kolleji, 10 kutubxona, 2 klub mavjud. Markaziy tuman kasalxo- nasi, bolalar kasalxonasi, tez tibbiy yordam ko’rsatish bo’limi, kattalar po- liklinikasi, sog’lomlashtirish markazi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi va 9 ta dorixona aholiga xizmat ko’rsatadi.