Sariq choy

Sariq choy (Agrimonia asiatica Tuz.) — ra’nodoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Poyasi 50-130 santimetr; sershox. Barglari patsimon, murakkab, tuxumsimon yaproqchadan (7-9 ta) tuzilgan. Gullari to’q sariq, mayda, 2 jinsli, uzun bandli; to’pguli boshoqsimon. Gultoji gulkosachasi 5 tadan. Mevasi ilmoqli, tuklar bilan qoplangan. O’zbekistonning deyarli hamma sug’oriladigan yerlarida, ekinlar orasida, yo’l yoqalarida, bog’larda va tog’li hududlardagi o’rmonlarda keng tarqalgan. Xalq tabobatida me’da kasalliklarini davolashda ishlatiladi.