Sariq ilon

Sariq ilon (Ophisaurus apodus) urchuqsimonlar oilasiga mansub kal- takesaklar turi. Tanasi ilonsimon, oyoqsiz, orqa oyoq rudimenti saqlangan. Uz. 1,2 m (oilada eng yirik tur). Tanga- chalari ostida suyaklashgan plastinkasi bor. Jan. Evropa va Osiyoda, jumladan, Qozog’iston va O’rta Osiyoda tarqalgan. Rangi qo’ng’ir, sarg’ish yoki qizg’ish, yaltiroq. Asosan, quruq joylar, ko’pincha jarliklar, o’rmonlar va bog’larda yashay- Di. Suvda yaxshi suzadi. Umurtqasiz hayvonlar (asosan, hasharotlar, mol- lyuskalar), ba’zan mayda umurtqali hayvonlar (kemiruvchilar) 6n oziklanib, q.x.ga katta foyda keltiradi. Iyun — iyul oylarida 8-10 ta tuxum qo’yadi va tuxumlarini qo’riqlaydi. Beozor hayvon, tutqunlikda yaxshi yashaydi.