Sariq tana

Sariq tana — odam va sut Emi- zuvchi hayvonlar ichki sekresiyasida vaqtincha paydo bo’ladigan bez. Tuxum- donda tuxum hujayra etilib chiqqanidan (ovulyasiyadan) so’ng hosil bo’ladi. O’zgargan follikulyar hujayradan ibo- rat. Tuxum hujayra urug’langanida S.t. bo’g’ozlik (homiladorlik)ni saqlash va uning normal kechishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan gormon — progeste- Ron ajratadi. S.t. urug’langan tuxum hujayraning bachadon devoriga yopishu- viga, sut bezlarining rivojlanishiga yordam beradi, navbatdagi ovulyasiyani to’xtatib turadi. Agar urug’lanish ro’y bermasa, S.t. so’rilib ketadi. Ayrim umurtqasiz (hasharotlar) va ko’pchilik suvda va quruklikda yashovchi- lar, sudralib yuruvchilar va qushlar tu- xumdonida etilgan tuxum hujayra uzil- ganidan so’ng uning o’rnida hosil bo’lgan follikulyar hujayralar to’plami ham ba’zan S.t. deyiladi.