Sariq tuproq

Sariq tuproq – sernam subtropiklarda keng bargli o`rmonlar tagida gilli slanetsdan iborat ona jinsdan paydo bo`lgan tuproq. Chirindisi kam. Temirning suvli oksidlari tufayli sariq bo`ladi. Xitoyda, AQShning janubida, Avstraliyaning janubi-sharqida va Yangi Zelandiyada, G`arbiy Gruziya va Ozarbayjonda (Lenkoran) uchraydi. Bunday yerlarda subtropik ekinlar (sitrus, choy va b.), tok, efir moyli o`simliklar, tamaki, sabzavot va boshqa ekinlar ekiladi.