Sariqdengiz

Sariqdengiz, Xuanxay tinch oke- Anning yarim berk dengizi, Osiyoning Sharqiy qirg’oqlari yonida, Koreya ya.o.ning g’arbida. Mayd. 416 ming km2. Eng chuqur joyi 106 m. Yirik qo’ltiqlari: Boxay- van, Lyaodun, G’arbiy Koreya. S.D.ga Xu- Anxe, Xayxe, Lyaoxe, Yaluszyan daryolari quyiladi. Iqlimi mo”tadil, mussonli iqlim, kishda sovuq va quruq shamollar esadi. Dengizning shim.g’arbiy qismi noyab.dan martgacha muzlaydi. Suvining t-rasi Fev.da shim.g’arbida 0° dan past, Jan.da 6-8°, avg.da shim.da 24° dan 28° gacha. Suvining sho’rligi 26— 34°/00. Suv ko’tarilishi yarim sutkali (3-4 m dan 9 m gacha). S.D.da ilonbaliq, treska, seld va b. yashaydi. Dengizning baliq ovlash va transport axamiyati katta. Yirik port- lari: Xitoyda — Tsindao, Inkou, Lyuy- shun, Dalyan, Koreyada — Inchxon.