SARIQSUV
SARIQSUV — Farg’ona viloyatidagi ariq. Rapqon qishlog’i yaqinida. Usmon Yusupov nomli katta Farg’ona kanalidan suv oladi. Uzunligi 28 kilometr. Sariqsuvdan baqor va yoz oylarida suv oqadi. Qolgan davrda tashlama vazifasini bajaradi. Ariqdan Beshariq va Dang’ara tumanlari ekin maydonlari sug’oriladi.