Saroy

Saroy-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi. O’zbekiston hududida yashovchi saroylarning soni 50 mingdan ortiq. Qashqadaryo vodiysida, ayrim guruhlari Jom cho’lida, Ko’hitang yon bag’irlarida, Samarqandnig janubi-g’arbida va Jizzax atrofida yashaganlar. Saroylar tarkibida bir qancha yirik va kichik urug’lar mavjud bo’lgan. Masalan, az-saroy, qipchoq saroy, qirg’iz saroy, qo’ng’irot-saroy, major-saroy, qorabog’ saroy, nayman-saroy va boshqalar. Saroylar etnik birlashma sifatida XIV-XV asrlar davomida Dashti Qipchoqda shakllangan bo’lib, XVI asrda boshqa ko’chmanchi o’zbek qabilalari va urug’lari bilan birga hozirgi O’zbekiston hududiga kelib joylashgan.