SASSIQKOVRAK

SASSIQKOVRAK (Ferula foetida) ziradoshlar oilasiga mansub monokarp o’t. Poyasi yo’g’on, bo’yi 1,5—2 m. O’rta Osiyodagi cho’l va yarim cho’llarda, shu- ningdek, Eron va Afg’onistonda o’sadi. Apr.da gullab, may oyida meva tugadi va quriydi. Har tupi 200 g gacha urug’beradi. Pishgan mevasi tarkibida protein, azot- siz ekstraktov moddalar, iddizida krax- mal, elimsmola bor. S. dorivor o’simlik. Elimsmolasi zararli hasharotlarni yo’qotishda ko’llanadi.