Satrapiya, satraplik

Satrapiya, satraplik — ayrim davlatlar (Axomaniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar)da satraplar boshqargan harbiyma’muriy okrug. S.ga satraplardan tashqari harbiy boshliklar ham tayin etilgan, ular chegara, yo’llarni qo’riklagan, o’g’rilik va bosqinchilikka qarshi kurashgan. Mas, kir II va Doro I davrida Axomaniylar davlatiga kirgan o’lkalar aloxdda S.ga bo’lib idora etil- gan. Doro I S.ning to’la ro’yxatlarini Bihistun kitobalari hamda naqshi ru- Stam kitobalarida mixxat b-n yozdirgan. O’rta Osiyo va Qozog’iston xududlarida ham alohida S.lar bo’lgan. Xar bir S. belgilangan miqdorda soliq to’lashga majbur bo’lgan. Ko’pchilik S.larning o’z qonuni, urfodati bo’lgan, o’z tilida so’zlashgan. Ad.: Gerodot, Istoriya v devyati kni- gax. L., 1972.