Sattorova Maryamoy Saidovna

Sattorova Maryamoy Saidovna (1964.14.5, Shahrisabz) — xonan- da, O’zbekiston xalq artisti (2000). Musiqadan ilk saboqni E. Boymurodov- dan olgan. Toshkent konservatoriyasi- ni an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo’yicha (F. Mamadaliev sinfida) tugat- gan (1990). O’zbek davlat filarmoniyasi (1988-2000), “O’zbeknavo” birlashma-sida (2000 y.dan) yakka xonanda. Diapazo- ni va nafasi keng, kuchli va yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan o’zbek mumtoz ashula yo’llari (“Chorgoh”, “Feruz”, “Samarqand ushshog’i”, “Suvora”, “sa- raxbori Dugoh” kabi), 20-a. bastakor (“Munojot”, I. Ikromov; “Soginur- man”, “yor o’lmasin”, F. Mamadaliev; “Tengi yo’q”, o. Hotamov va b.) va kompo- zitorlar (“Ayriliq”, D. Omonullaeva va b.) asarlari o’rin ol- gan. S. ijro etgan ashulalar 2 ta gramm- plastinka (1983, 1984) va 3 ta kompakt disk (1996, 2003)ga yozilgan. Uning ijo- diga bag’ishlab O’zbekiston televideni- esi tomonidan 2 ta telefilm suratga olingan (1997, 2000). Evropa mamlakat- larida gastrolda bo’lgan.