Sattorxon

Sattorxon (1867-/68, Qorabog’ 1914.17.11, Tehron) — Eron xalq qahramoni. Yoshlik chog’laridanoq shohga qarshi kurash olib borayotganlar safiga qo’shilgan. S. bir necha marta quvg’inga uchragan. U 1905 y.da Eronda kutaril- gan inqilobiy harakatning faol ishti- rokchisi va ilhomchisi bo’lgan. 1908-09 y.larda bo’lib o’tgan Tabriz inqilobiga boshchilik qilgan. S mohir harbiy tash- kilotchi va yo’lboshchi sifatida keng xalq ommasi orasida Shuhrat qozongan.