SAVANNA
SAVANNA (ispancha Sabana) — tropik o’rmonlar va cho’llar oralig’ida tarkib topgan biom tipi. Savanna qurg’oqchil va sernam mavsumlar aniq almashinadigan va yillik yog’in 250-2000 millimetr bo’lgan sharoitlarda rivojlanadi. Afrikada materikning 40% Savannadan iborat. Savannada bo’liq o’tlar (1 metrdan 3 metrgacha va ba’zan undan ham baland, asosan, g’alla gullilar) orasida yakka va to’pto’p daraxtlar hamda butalar o’sadi. Ular soyabonsimon ko’rinishga ega. Afrika Savannasiga o’xshash zonalar Janubiy Amerika (Kampos, Lyanos), Janubiy Osiyo va Avstraliyaning shimoli sharqida ham uchraydi.