SAVATCHA

SAVATCHA (Calathidium) — o’simliklarning monopodial to’pguli. Mayda gullar shoxchalarining Uchida likobchasimon yoki sharsimon Savatcha hosil qiladi. Asosan, Qoqio’tdoshlar (moychechak, qoqio’t, kungaboqar), ba’zi ziradosh (ko’ktikan) va boshqalarga xos. Savatcha o’rama barglar, shuningdek, shakli o’zgargan ustki barglar bilan o’ralgan.