SAVDO FOYDASI

SAVDO FOYDASI – tovarlarni iste’molchiga yetkazishda sotib olish bahosi bilan sotish bahosi o’rtasida farq hisobiga olinadigan foyda. Savdo foydasi ishlab chiqarish sohasidagi foydaning bir qismini tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor mahsulotini savdoda harakat qiluvchi tadbirkorga sotadi, bu bilan u o’zi olishi mumkin bo’Igan foydaning bir qismini ongli ravishda unga mahsulotini sotganligi uchun beradi. Bu esa uning kapitali aylanishini tezlashtiradi.