“SAVDOGAR”

“SAVDOGAR” — iqtisodiyot va savdo-tijorat haftalik gazetasi. 1992 yil 19 avgustdan Toshkent shahrida chiqadi. Muassislari “O’zbeksavdo” va “O’zbekbirlashuv” aktsiyadorlik kompaniyalari. Gazetada iqtisodiyot, ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat ko’rsatish, tadbirkorlik va boshqa mavzulari yoritiladi, reklama e’lonlari beriladi. Adadi 4 ming nusxadan ko’proq.