SAVROMATLAR

SAVROMATLAR — skiflarga qardosh bo’lgan chorvador ko’chmanchi qabilalar. Volgabo’yi va Uralbo’yi cho’llarida yashaganlar (miloddan avvalgi 7-4- asrlar). Ijtimoiy hayotlarida ayollar (yo’lboshchi, kohin) katta rol o’ynagan. Savromatlar boshqa qabilalar bilan aralashishi natijasida sarmatlar deb atala boshlagan.