Saxa (Saha) Megnad

Saxa (Saha) Megnad (1893.6.10, Dakka, hoz. Bangladesh — 1956.16.2, Yangi Dexli) — hind fizigi va astro- fizigi. London Qirollik jamiyati a’- zosi (1927 y.dan). Kalkutta un-tini tugatgan (1915). Kalkuttadagi fanlar bo’yicha Milliy in-t a’zosi va Prezi- Denti (1937-39). Kalkuttadagi Yadro fizikasi in-ti asoschisi (1951) va uning faxriy a’zosi. Ilmiy ishlari termo- dinamika, statistik fizika, ionlanish nazariyasi, nurlanish nazariyasi, astro- fizika, radioto’lqinlar tarqalishi na- zariyasi, yadro fizikasi va b.ga oid. Gaz- larning yuqori trada ionlanish nazariya- siga va ularni yulduzlar atmosferasini o’rganishda qo’llashga oid ishlari fanda katta ahamiyatga ega.