SAYDAZIMOVA TURSUNOY TUYCHIYEVNA

SAYDAZIMOVA TURSUNOY TUYCHIYEVNA (1954.11.5, Angren) — O’zbekiston Respublikasi xalq uqituvchisi (1995). Toshkent viloyat pedagogika institutini tugatgan (1976). 1976 yildan O’rta Chirchiq tumanidagi 10-maktabda geografiya, 1979 yildan Toshkent qishloq xo’jaligi texnikumida biologiya, 1982 yildan Zangiota tumanidagi 8, 45-maktablarda geografiya va biologiya o’qituvchisi. Maktabda “o’lkashunoslik” muzeyini ochgan.