Sayid
Sayid-arablarda musulmon davri boshlangunga qadar qabilaning saylanadigan rahbarlarining unvoni bo’lib, boshliq, mas’ul shaxs degan ma’noni bildirgan. Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Alining otasi Abutolib bir vaqtlar Quraysh qabilasining sayidlaridan bo’lgan. Shuning uchun bu unvon Muhammad Payg’ambarning nevaralari, Alining o’g’illari Hasan va Husanning butun avlodlari ismiga qo’yiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayidlarning qiziga uylangan kishining farzandlari ham sayid hisoblangan. Mana shuning uchun ham musulmonlar dunyosida, jumladan, Movarounnahrda ham ko’pincha hukmdorlar ham o’z avlodlari mavqeini ko’tarish maqsadida sayidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. Mang’itlar sulolasining so’nggi vakili Said Olimxon ona tomonidan Alining avlodi hisoblangan.