SAYID MUHAMMADXON
SAYID MUHAMMADXON (18231864) — Xiva xoni (1856-64). Qo’ng’irotlar sulolasidan. Muhammad Rahim I ning o’gli, Muhammad Rahim II Feruzning otasi. Uning davrida Xiva- dagi ichki nizolarga barham berilgan, xonlikda tinchlikosoyishtalik barqaror topgan. Sm. 1858 y. Xivaga kelgan N.P. Ignatev missiyasini qabul qilgan. Shu yili 28 avg.da Xivada rus elchixonasi ochilgan. 1863 y. Venger sayyoxi g. Vam- beri ham sm. qabulida bo’lgan. Sm. dav- rida Xivadagi Qo’hna Ark saroyidagi ko’rinishxona qayta tiklangan va uning shipi, ayvon ustuni Xorazmcha naqshlar b-n bezatilgan. 1859 y.da Xivaning Di- Shan qal’a qismida, Nurullaboy bog’ida yangi ko’rinishxona qurib bitkazilgan. Ogahiy “gulshani davlat” tarixiy asa- rida S. M.ning xonlik davrini ta’- riflagan. S. M. xonlikni boshqarishda boshqa davlatlar, ayniqsa, Rossiya b-n munosabatlarida o’zini mustaqil va teng huquqli davlat hukmdori sifatida tut- gan. S.M.ning jasadi Xivadagi Sayd Mohi ro’yi jahon (Sayd Mahro’yjon) maqbarasiga qo’yilgan. Ad.: Bobojonov P., Ataev A., Xiva ta- rixiga bir nazar, Urganch, 1977; Abdura- sulov A., Xiva, T., 1997; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.