Sayyid, sayd

Sayyid, sayd (Arab. — janob) — 1) Muhammad payg’ambar (as) avlodlari- ga mansub kishining unvoni. Arablarda Islomga qadar qabilaning saylanadigan rahbarlari unvoni — boshliq, mas’ul shaxs degan ma’noni anglatgan. Lshning otasi Abu Tolib bir vaqtlar Quraysh qabilasining S.laridan bo’lgan. Shuning uchun bu unvon Alining o’g’illari Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qo’yiladigan faxriy unvon hisoblangan. S.larning qiziga uylangan kishining farzandlari ham S. hisoblangan. Shu- ning uchun ham musulmonlar dunyosida, jumladan, Movarounnahrda ko’pincha hukmdorlar o’z avlodlari mavqeini ko’tarish maqsadida S.lar qiziga uyla- nishga harakat qilishgan. O’rta asrlar- da, yangi va eng yangi davrlarda ko’pgina hukmdorlar, shu jumladan, Buxoro Amir- lari, Xiva xonlari hamda turli ijtimo- iy tabaqalarga mansub bo’lgan shaxs ham payg’ambar avlodidan hisoblanmasada, o’zlarini S. deb atayverganlar. 2) Xo’ja, boshliq, rahbar.