SCHYOTLARNING AYLANMALARI

SCHYOTLARNING AYLANMALARI – buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va krediti bo’yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo’yicha debet aylanma oy davomida hisob obyekti ko’payishini, passiv schyotlar bo’yicha kamayishini anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo’yicha oy davomida hisob obyekti kamayishini, passiv schyotlar bo’yicha ko’payishini ko’rsatadi. Schyotning qoldig’ini chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak.