Scorpion personaji haqida
Scorpion(inglizcha chayon)- tug’ilganida ismi Xanzo Xasashi bo’lib Jon Tobias hamda Ed Bun tomonidan o’ylab topilgan. U ham xuddi Sub Zero (https://t.me/jahon_statistikalar/877) singari 1992-yilgi “Mortal Kombat” o’yinida ilk bora ko’rinish bergan.
Franshiza syujetiga ko’ra u Yaponiyaning Osako shahri, yer osti qirolligida dunyoga keladi. Ayoli Xarumi Xasashi, o’g’li Satushi Xasashi hisoblanadi.
Scorpion ninzdya bo’lib, Lin Kuey hamda Shiray Ryu klani a’zosi hisoblanadi. Jang qilish uslublari Xapgido, Pi Gua, Moy Fa va Mugay Ryu.
Asosiy qirollari: Kunay-shenbyao, sekira, ninzdyalar qilichi, daysyo va kusarigama.
Xanzo Xasashi Siray Ryu nomli yapon klanining eng yaxshi jangchilaridan biri bo’lib o’zning qoyilmaqom mahoratlari evaziga aynan “Scorpion” laqabini oladi. U jang qilishni o’z otasidan o’rganadi. Chunki otasi ham ushbu klanning buyul jangchilaridan biri edi.
Otasi Xanzoga klanga qo’shilishni man qiladi. Lekin pulga muhtojligi sabab Xanzo klanga qo’shilishga majbur bo’ladi.
Scorpion dastlab Shan Tsung keyin esa Shao Kanga xizmat qiladi. Ammo uning asosiy maqsadi butun boshli imperiyani o’liklar bilan boshqarish edi.
Cheat Code Central nashri talqini bo’yicha Scorpion o’ylab topilgan nimzdyalar ichida 3-o’rinni egallaydi.