Segizboev Sulton
Segizboev Sulton (1899.15.7, hoz. Oqqo’rg’on tumani — 1938.15.6) — si- yosat va jamoat arbobi. Avval qishloq maktabida, so’ng Toshkent gimnaziyasida o’qigan. Iqtisod fanlari bo’yicha prof. (1930). S. 1916y.Turkistondagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan. 1918 y.dan xo’jalik sohasida rahbarlik la- vozimlarida. Turkiston o’lka “Qo’shchi” tashkiloti mas’ul kotibi (1921-22). Farg’ona viloyati partiya komiteti koti- bi (1923), Turkiston KP MK tashkiliy bo’limi mudiri, Toshkent uezdi partiya komiteti kotibi (1924). Ukraina Staro- Belsk okrug partiya komiteti yo’riqchisi (1925). 1925-30 y.larda qizil Pro- fessura in-ti (Moskva)da o’qigan, shu in-t huzuridagi kechki un-t dekani. Butunittifoq q.x. akademiyasining O’rta Osiyo filiali va paxtachilik in-ti Di- rektori, O’rta Osiyo un-tida kafedra mudiri (1930-31). VKP (b) Qozog’iston o’lka komitetida bo’lim mudiri (1932— 36), Shim. Qozog’iston viloyat partiya komi- teti 1kotibi (1937). O’zbekiston XKS ra- isi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisi o’rinbosari (1937-38). Gaz., jur. larga muharrirlik qildi, iqtisod va ta- rixga oid ko’plab maqolalar ezdi. 1938 y. Toshkentda qamoqqa olinib, qatag’on qilindi. O’limidan so’ng oqlandi. S. xotirasi abadiylashtirilgan. Oqqo’rg’on tumanidagi shirkat xo’jaliklari (2 ta), maktab, mahalla, ko’cha, Mirzacho’l tu- manidagi shirkat xo’jaligi, Guliston sh.dagi tibbiyot kolleji, Toshkent sh.dagi ko’chalardan biri uning nomi b-n atala- Di, Mirzacho’l va Oqqo’rg’on tumanlarida S. byusti o’rnatilgan. Ad.: O’zbekiston tarixi (1917-1991 y.), T., 2000; Muhiddinova F.P.,Hasanov Q. Sulton Segizboev, T., 1978.