Segoh

Segoh (fors. — uch o’rin, uch parda) — 1) o’n ikki maqom tizimi- da ma’lum sho”ba nomi. Manbalar- da ko’rsatilishicha, S. 3 pog’onali tovushqator bo’lib, pardalari 2 ta butun ton oralig’ida joylashgan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibida beshin- chi maqom. Tovushqatori eoliy (minor) gammaga to’gri keladi. Shashmaqomdagi S.ning mushkilot bo’limi — tasnifi S, Xafifi S, Garduni S, Muxammasi S, Muxammasi Ajam, Muxammasi Mirza Hakim, Saqili Bastanigor, Nasr bo’limi — 1 va 2 guruh sho”balaridan iborat. Ulardan birinchisi Saraxbori S (6 ta taronasi va Suporishi b-n), talqini S. (taronasi b-n), Nasri S. (taronasi b-n), Navro’zi xoro (uchta taronasi va supori- shi b-n), Navro’zi Ajam (taronasi b-n) hamda Ufar va suporish qismlaridan iborat. S.ning 2 guruh sho”basi Mo’g’ulchai S. deb nomlanib, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlarini o’z ichiga olgan. S. maqom pardalari asosida juda ko’p ashula va cholg’u yo’llari yaratilgan: “Segoh”, “Girya” III, “ilg’or”, “Guluzo- Rim”, “fig’on”, “Nimcho’poniy” ashula- lari, “Mushkiloti Segoh” kuyi va uning Ufari va b. S. yo’llaridan O’zbekiston kompozitorlari barakali foydalanish- gan (mas, R.Glier va T. Sodiqovning “Layli va Majnun” operasi; yu. Raja- biy va B. Nadejdinning hamda S. Bobo- evning “Segoh” simfonik poemalari, M. Tojievning 3, T. Kurbonovning 5simfo- niyalari va b.).