Seitov Xojabek

Seitov Xojabek (1917.25.8, Qoraqalpog’iston Qorao’zak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchi- si. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ma- daniyat xodimi (1972). Qoraqalpog’iston O’qituvchilar in-tida o’qigan (1938-41). Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi qoshidagi radioeshittirish qo’mitasi (1947-58) va Qoraqalpog’iston yozuvchi- lar uyushmasi raisi (1952-58). “Sovet Qaraqalpaqstani” gaz. bo’lim mudiri (1958 y.dan). Poetik asarlarida (“baxt- li hayot”, 1947; “Gullayotgan ovul”, 1955, N. Japaqov b-n hamkorlikda; “tong shu’lasi”, 1968 va b.) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. O’zbek ti- lida “hayot tongi” (1954), “to’lqinlar” (1956), “yaylov yulduzi” (1968) kabi asar- lar yozgan. “Mashaqqatli baxt” (1959), “Kuchli shamol” (1973) romanlari mual- lifi. Mirtemirnit “Qoraqalpoq dafta- ri” asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959). Ac: mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; yaylov yulduzi [she’rlar va Doston], T., 1968.