Sekst empirik
Sekst empirik (Sextus Empiricus) (taxm. 200-250) — yunon faylasufi, shifokori, qad. klassik skeptisizm vakili. Aleksandriya va Afinada yashagan. Pirrondan tortib ene- sidemgacha bo’lgan yunon skeptiklarining fikrmulohazalarini to’plagan va tizim- ga solgan, mantiqning dastlabki tarix- chilaridan. “Matematiklarga qarshi” asarida S.E. grammatika, ritorika, geom., arifmetika, astronomiya, musiqa nazariyasini tanqid qiladi, shuningdek, ayrim mantiqiy, fizika va axloqqa oid ta’limotlar, x.atto Xudo tushunchasi va barcha liniy e’tiqodlarga e’tiroz bil- diradi. U hayotda beparvo bo’lishni,. ta- biiy ehtiyojlar, mayllar, mavjud tartib va udumlarga bo’ysunishni targ’ib qilgan. Uning fikricha, baxt — ruhiy xotirjam- lik va mu’tadil xohishdan iborat.