SELENOLOGIYA
SELENOLOGIYA (Yun. selene oy va … logiya) — oy sirtining tuzilishi- ni va kimyoviymineralogik tarkibini o’rganish b-n shug’ullanadigan fan. Oy shakli va releflarining ‘o’lchamlarini S. sohasi — selenodeziya o’rganadi. S. Oyni uning sun’iy yo’ldoshlari va sir- tiga tushirilgan asboblar (“Luna”, “Zond”, “Apollon”, “Lunar Orbiter”, “Serveyer”) yordamida to’g’ridanto’g’ri tekshirishdan paydo bo’lgan. S.da astro- fizik usullar b-n bir qatorda geofizi- ka, geokimyo usullaridan ham foydalani- ladi.