SELETITENGIZ

SELETITENGIZ — Qozog’istonning Shimoliy Qozog’iston viloyati (qisman Pavlodar viloyati chegarasi)dagi taxirsho’r oqmas ko’l. Maydoni yilning sernam yoki qurg’oqchil kelishiga qarab o’zgarib turadi (777 kilometr kub). Eng chuqur joyi 3,2 metr. Qor suvlaridan to’yinadi. Seleti daryosi suvi toshgan vaqtda ko’lga quyiladi.