Selsin
Selsin [ing. self — o’zim va Yun. synchrons — bir vaqtda, sinxron] — bir- biriga mexanik tarzda birikkan qurilma valining burilish burchagini ma’lum masofadagi ikkinchi valga sinxron uzatadigan induktsion elektr mashina. Etakchi valning burilish burchagi dat- chigi signallarini uzatadigan S.datchik, etaklanuvchi valni xuddi shu burchakka buradigan S.qabul qilgichdan iborat. Har bir S.ning birlamchi chulg’amida hosil bo’ladigan bir fazali o’zgaruvchan oqim ikkilamchi chulg’amda fazalari mos keladigan, ammo qiymati bo’yicha farq qiladigan uch xil e.yu.k. ni induktsiya- laydi. Datchik va qabul qilgich rotorla- ri sinfaz (bir xil) holatda bo’lganda ikkala S. ning ikkilamchi chulg’amdagi e.yu.k. o’zaro muvozanatlashadi, natijada ikkinchi zanjirda tok bo’lmaydi. Datchik rotori qabul qilgich rotoriga nisbatan burilganda ikkilamchi chulg’amlardagi e.yu.k. o’zgaradi, natijada rotorni bir xil holatga keltirishga intiladigan, moslashtiruvchi tok hosil bo’ladi. S. tex- nologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish, o’lchash asboblari ko’rsatgan ma’lumotlarni masofaga uzatish uchun ishlatiladi.