Semiramida

Semiramida (Yun. Shammuramat, ossuriycha — Sammuramat) — Ossuriya podshosi (malikasi) (mil. AV. 9-a. oxi- ri), Shamshiadad V (mil. AV. 823 — 811) ning xotini. Asli Bobildan. Eri vafot etgach, Adadnerari III balog’atga etma- gan davrida (mil. AV. 810-806 y.lar) davlatni amalda vasiy sifatida o’zi boshqargan. Uning hukmronligi davrida shim.dagi xalqlar va midiyaliklar b-n teztez urushlar sodir bo’lib turgan. Shu tufayli mazkur xalqlarda S. haqida af- Sona to’qilgan. Unga ko’ra, S. va uning eri Nin Skifiya, Eron, Arabiston, Baqtriya, Hindiston, Misr va b. mamlakatlarga ulkan harbiy yurishlar qilishgan, ni- neviya va Bobil kabi poytaxt shaharlar bunyod etishgan. S. Hindiston yurishidan qaytib kelgach, Nin tomonidan uyushti- rilgan fitnadan xabardor bo’ladi va o’z ixtiyori b-n unga taxtni topshirib kap- Targa aylanadi va bir gala kaptarlar b-n saroyni tark etib uchib ketadi. Gerodot va Ktesiy S.ni dunyodagi mo”jizalardan biri — Bobildagi saroy tomida yaratil- gan mashhur “osma bog’lar” bunyodkori si- fatida ta’riflashgan (q. Etti mo”jiza). Ad.: Rtveladze E.V., Velikiy shelko- viy put, T., 1999.