Sen-sans

Sen-sans (SaintSaens) Sharl ka- mil (1835.9.10, Parij 1921.16.12, ja- Zoir, Parijda dafn etilgan) — frantsuz kompozitori, ijrochi va jamoat arbobi. Frantsiya in-ti a’zosi (1881), Kembrij un-ti D-ri (1893). Milliy musiqa ja- miyati asoschilaridan (1871). Parij kon- servatoriyasida ta’lim olgan (1848 52). 185377 y.larda Parij soborlarida or- ganchi bo’lib, o’zining mukammal badiha ijrolari b-n Shuhrat qozongan. 1870y. lardan boshlab Evropa, shim. Afrika va Amerika mamlakatlarida pianino- chi va dirijyor sifatida kontsertlar bergan. Kompozitorlik ijodida dil- kash ifodalilik va garmonik nafislik, orkestr koloritining rangbarangli- gi, o’zgarishlarga boy ritmikasi, xalq musiqasiga yaqinlik xususiyatlari ko’zga tashlanadi. S.S. 12 opera (jumladan, Oriental uslubda yaratilgan “Samson va Dalila”, 1868), 5 ta fortepiano, 3 ta skripka, 2 ta violonchel kontsertlari, bir necha simfonik va vokalsimfonik asarlar, kamercholg’u pesalar (jumla- dan, mashhur “hayvonlar karnavali” syuitasi) va b. asarlar yozgan. U Sharq musiqasiga izchil qiziqib, “Arabcha ka- pris”, “Jazoircha syuita”, “Fors Taro- nalari” kabi asarlar yaratgan.